
Qora dengizning shimoli-sharqida joylashgan Sochi shahri (Krasnodar o‘lkasi) Rossiyaning eng yirik kurort shahri, shuningdek iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. Sochi Rossiyaning eng uzun shahri bo‘lishi bilan birga, dunyoning ikkinchi o‘rindagi eng uzun shahri hamdir (birinchisi - Mexiko). Sochi odamlar orasida XXII Qishki Olimpiya o‘yinlari poytaxti bo‘lgani bilan ham mashhur. Sochi Jahon Olimpiya shaharlari ittifoqiga qo‘shilgan. KUN.UZ muxbiri ushbu ko‘rkam va sokin shaharda bo‘lib, sizlarni shahar bo‘ylab fotosayohatga taklif qiladi.

Sochiga yetib borishimiz bilan eng ko‘zga tashlangan jihat - shahardagi yashillik - daraxtlar, o‘simliklar, gullar... Tabiiyki, havosi bahri-dilingizni ochadi.

Bu yerda hamma narsa sayyohlar va mahalliy xalq mazmunli dam olishi uchun tashkil qilingan.



Qayerga qaramang, qayiqlar, velosipedlar, mototsikllar, mashinalar ijarasiga ko‘zingiz tushadi.

Sayohat davomida Sochi oilaviy hordiq chiqarish uchun ayni muddao ekaniga ishonch hosil qildik.

Bu yerda farzandlari bilan dam olishga kelganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Sochi deganda ko‘pchilikning ko‘z o‘ngiga so‘zsiz Qora dengiz keladi. Bir vaqtning o‘zida ham sokinlik, ham jo‘shqinlik baxsh etuvchi manzara...






























