Buxoro tumani Içki işlar bölimiga şu tumanda yaşovçi, 1964 yilda tuğilgan R. U. ariza bilan murojaat qilib, 2017 yil 14 oktabr kuni Qaşqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Xöja Hayron qişloğida yaşovçi, 1973 yilda tuğilgan R. N. uning uyiga kelib, işonçini suiiste'mol qilib, firibgarlik qilib ketgani haqida ma'lum qilgan.

Ma'lum bölişiça, R.N. xonadon egasining uyiga duo (jodu) öqilganligini, duoni olib taşlaşi mumkinligi aytgan. Buning uçun R. U. 200 AQŞ dollari, bir dona ayollar tilla uzugi va 1 noyabr kuni 500 AQŞ dollarini qölga kiritgan. Buxoro tuman IIB tomonidan mazkur firibgarlik jinoyati sodir qilganlikda ayblanayotgan ayolning qilmişlari foş qilindi.

Mazkur holat yuzasidan R. N.ga nisbatan şu yilning 18 may kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda