Eronda qöziqorindan zaharlaniş natijasida 11 kişi hayotdan köz yumdi, 800 nafardan ortiği jabrlandi. Eron soğliqni saqlaş vazirligining Yuqumli kasalliklar markazi rahbari Muhammad Mahdiy Guyya şu haqida ma'lum qildi.

"Hozirga kelib 800 dan ziyod kişi zaharli qöziqorin iste'molidan jabrlangan, 11 kişi hayotdan köz yumgan. 220-230 kişi şifoxonaga yotqizilgan, 3 kişida jigar transplantatsiyasi ötkazilgan", - deya Muhammad Mahdiy Guyyaning sözlarini keltiradi vazirlik matbuot xizmati. 

Bir neça kun avval Eronda qöziqorinlar iste'moli natijasidagi ommaviy zaharlanişlar haqidagi xabarlar paydo bölgandi. 19 may kuni 720 dan ortiq kişining zaharlangani va 9 nafarining halok bölgani haqida xabar berildi.