Özbekistonlik jarrohlar ortopediyada foydalaniş uçun tizza böğimi endoprotezini yaratişdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, uşbu endoprotez tarkibiga katta boldir va son oyoqçalari, antirotasion elementlar, oyoqçalarni özaro bukiş va yana töğrilaş imkoniyati bilan biriktiradigan şarnirli element kiradi. Şarnirli element tarkibiga rezbali bolt körinişida bajarilgan öq, şaybalar körinişidagi sirğaluvçi poliyetilen elementlar hamda kontrgayka bilan mahkamlangan konussimon gaykalardan iborat mahkamlaş gaykalari kiradi.

Katta boldir oyoqçasi özining distal qismida börtiqqa ega bölgan silindr körinişida, proksimal qismida esa piramidal şaklda bajarilgan. Son oyoqçasi piramidal şaklda bajarilgan bölib, tişçalar körinişidagi antirotasion elementlar bilan ta'minlangan.

Mualliflar Xurşidjon Abdikarimov, Jamila Pölatova, Mirza Ali Gafur-Axunov, Uluğbek Islamov, Sundr Urunbayev va Baxridil Sultonovga uşbu qurilmalari uçun FAP 01290 raqamli foydali model patenti berildi.