Amerikaning McDonald's, Burger King va Starbucks kabi brendlari 2019 yilning yanvarigaça Özbekistonda öz tarmoqlarini oçişi mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Çorvoq» erkin turistik zonasini (ETZ) taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida közda tutilgan.

Hujjatga köra, 2019 yilning yanvariga qadar «Çorvoq» erkin turistik zonasi hududida jahon talab va standartlariga javob beradigan, ovqatlaniş sohasidagi McDonald’s, Starbucks, Burger King va KFC kabi xalqaro brendlar tarmoqlarini yaratiş masalalari körib çiqilişi kerak.

Bu qaror ijrosi uçun ETZ direksiyasi, Davlat turizm qömitasi va Toşkent viloyati hokimiyati mas'ul etib tayinlandi.

Bundan avvalroq Toşkentda KFC’ning ilk restorani oçilişi haqida xabar berilgandi.