Foto: Getty Images

AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp matbuotda muntazam ravishda hujumlarga duch keladi va shu bois ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yopishga majbur bo‘ladi. Forbes jurnali uning Donald Tramp bilan tanishuvi va turmushi, o‘g‘li tarbiyasi va qanday qilib prezidentning ayoli mavqei uning hayotini o‘zgartirgani haqidagi hikoyasi bilan bo‘lishdi.

Melaniya Knauss Yugoslaviyadan Nyu-Yorkka 1990-yillarda model karerasini qurish uchun kelgan. O‘shanda 26 yoshida u qanday hayot yo‘lini bosib o‘tishini xayoliga ham keltirmagan. Melaniya milliarder Donald Tramp haqidagi gap-so‘zlardan yaxshi xabardor bo‘lgan bo‘lsa-da, uni sevib qolgan. Yetti yildan keyin juftlik turmush qurgan. Melaniya Tramp Amerikaning birinchi raqamli xonimi va ehtimol, dunyoda eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan ayolga aylandi.

"Biz 1998 yilda kechki ziyofatlardan birida tanishganmiz. U mening telefon raqamimni so‘ragan. Men unga raqamimni bermasligimni, yaxshisi u o‘z raqamini bersa, o‘zim unga qo‘ng‘iroq qilishimni aytganman.

Men uncha-muncha gap-so‘zlarga ahamiyat beravermayman, ishoning. Shuning uchun ham oilam sha'niga bildirilayotgan salbiy munosabatlarga dosh berib kelyapman.

Jamiyatda Donald yetakchi, uyda esa - men... Men ba'zan uyda ikki o‘g‘lim borligini, bular Berron va Donald ekanini aytaman.

Men ayollarning o‘zi uning yoniga kelib, o‘zlarining telefon raqamlarini berayotganlariga guvoh bo‘lganman. Naq mening ko‘zlarim oldida. Ularga Donaldning oilali odam ekanini aytaman.

Bizning Donald bilan munosabatlarimizni tanqid qilishdan avval odamlarga ko‘zguga qarab o‘ziga "Hayotda nimaga erishdim? O‘zimning oilam qanday?" deb savol berishlarini tavsiya qilgan bo‘lardim.

Ijtimoiy tarmoqlar odamlar qalbini jarohatlaydi. U yerda salbiylik ko‘p. Mening hayotim — barchaga ko‘rsatish kerak bo‘lgan fotoalbom emas. Men ikki yil oldin barcha ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimni yuritishni to‘xtatganman.

Odamlar meni umuman bilmay turib ayblashga shoshilishadi.

Men Donaldning hamma qarorlarini ham ma'qullamayman. Biror nima yoqmasa, bu haqida unga aytaman.