16:05 / 23.05.2018
7568

IIV ozodlikdan mahrum qilish turidagi JIEM ichki tartib qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilishi kutilyapti

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining "O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi buyrug‘i normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e'lon qilindi.

Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirishlar:

81-banddagi «1999 yil 12 apreldagi 171-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasining Hukumati qarorlari to‘plami, 1999 y., 4-son, 18-modda)» degan so‘zlar «2016 yil 14 noyabrdagi 387-son qarori (O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami, 2016 y., 50-son, 566-modda)» degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

154-banddan «qamoq jazosiga hukm qilingan va» degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.

241-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«241. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va prokuror nomiga yo‘llangan taklif, ariza va shikoyatlar ko‘zdan kechirilmaydi hamda yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay yuboriladi, telegrammalar esa darhol yuboriladi. Vakillarning javobi ko‘zdan kechirilishi mumkin emas va arz qiluvchiga darhol yetkazib beriladi.».

495-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«495. Mahkumning jasadi uning qarindoshlariga JIEM ma'muriyati tomonidan JPKda nazarda tutilgan tegishli tergovga qadar tekshiruv, shuningdek sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilgandan so‘ng tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning qarori yoxud sudning ajrimiga asosan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda beriladi.».

Top