Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab formasini yaratishga Janubiy Koreya kompaniyasi jalb qilinadi
Joriy yilning 22 may kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida Koreya Respublikasining yetakchi to‘qimachilik kompaniyalaridan biri “Daewon Wool Textile Co., Ltd.” kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda uyushma axborot xizmati.
Uyushmada o‘tkazilgan muzokaralardan asosiy maqsad mamlakatda poliyestr hamda paxta xom ashyolaridan to‘qimachilik matolarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga, yagona maktab formasini yaratish va joriy qilishda koreyalik hamkorlar tajribasini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi taklifiga binoan koreyalik hamkorlar O‘zbekistonda 25 may kuniga qadar bo‘lib, respublikaning Samarqand va Toshkent viloyatlarida joylashgan yetakchi to‘qimachilik korxonalarida muzokaralar o‘tkazilishi, tarixiy obidalariga tashriflari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Tashrif davomida “Daewon Wool Textile Co., Ltd.” kompaniyasi rahbari S.Kim oxirgi yillarda O‘zbekistonning investitsiya jozibadorligi sezilarli darajada oshganligini e'tirof etdi. O‘z navbatida, uyushma vakillari tomonidan respublika maktablarida sinovdan o‘tayotgan maktab formalari namunalari bilan tanishtirildi.
Koreyalik hamkorlar namunalar bilan tanishib, ularning dizaynini alohida e'tirof etishdi. Hamda mato tanlanishi bo‘yicha o‘z maslahatlarini berishdi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, koreyalik hamkorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyasini jalb etgan holda O‘zbekistonda vertikal-integratsiyalashtirilgan jun, poliyestr hamda paxta xom ashyolaridan to‘qimachilik matolarini ishlab chiqaruvchi korxona barpo etish loyihasini amalga oshirishga kelishib olindi.
Ma'lumot uchun: “Daewon Wool Textile” kompaniyasi Koreya Respublikasida keng tarqalgan “IVY Club” brendi ostida maktab o‘quvchilari uchun formalar ishlab chiqaradi va bu borada Koreyadagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga kompaniyaning Vetnam davlatida yirik jun va poliyester aralashmasidan mato ishlab chiqaruvchi korxonasi mavjud.
Mavzuga oid
20:47 / 03.05.2026
Prezident Janubiy Koreya bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi
09:56 / 18.05.2025
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
15:26 / 14.09.2024
“Darsga kiritmaslik bilan qo‘rqitishyapti” - TDPU yagona formani joriy etmoqchi
19:18 / 22.06.2024