
Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro 2019-2025 yillar uchun mamlakat prezidenti deb e'lon qilindi. Tegishli bayonotni 22 may kuni mamlakat milliy saylov kengashi raisi Tibisay Lusena berdi.
Lusena Maduroga u 20 maydagi prezident saylovlari g‘olibi deb e'lon qilingan hujjatlarni topshirgan.
Saylovlar natijalariga ko‘ra, Maduro 6,2 mln ta ovoz olgan, uning asosiy raqibi Enri Falkonni 1,9 mln kishi qo‘llab-quvvatlagan.










