Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy Majlis avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat berish bo‘yicha petitsiyani ko‘rib chiqadi
«Mening Fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekistonda avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat berish taklif etilgan petitsiyani 10 ming kishi qo‘llab-quvvatladi.
Petitsiya muallifi avtomobillar oldi oynasini pulli asosda 70 foiz qoraytirishga ruxsat berish, bunday mashinalarni ichki ishlar organlarida ro‘yxatga qo‘yishni taklif etgandi.
U buni O‘zbekiston iqlimi issiq ekanligi, pardalar ham taqiqlangani sababli orqa o‘rindagi bolalar jazirama va oftob urishidan aziyat chekishi mumkinligi bilan izohlagandi va oynani qoraytirishga ruxsat berish orqali davlat byudjyetiga tushumlarni ko‘paytirish mumkinligini qo‘shimcha qilgandi.
Ayni vaqtda petitsiya yetarlicha ovoz to‘plagan. Qoidaga ko‘ra, petitsiya 10 mingta ovoz to‘plasa, Oliy Majlis muhokamasiga o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Hozir murojaat «Ko‘rib chiqish jarayoni»ga o‘tgan. Parlament vakillari uni 60 kun ichida ko‘rib chiqib, bu bo‘yicha tegishli qaror (ma'qullanadi yo falon asoslarga ko‘ra rad etiladi, degandek) qabul qilib, uni «Mening Fikrim» portalida e'lon qilishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:05 / 13.02.2025
Daniyada Kaliforniyani sotib olish to‘g‘risidagi petitsiya 200 mingdan ziyod imzo to‘pladi
18:51 / 13.08.2024
Qozog‘istonda onlayn kreditni taqiqlash bo‘yicha petitsiya e’lon qilindi
21:05 / 03.10.2023
Qozog‘iston hukumatiga 50 mingdan ortiq ovoz to‘plagan petitsiyalarni ko‘rib chiqish majburiyati yuklandi
10:20 / 13.02.2023