Mashhur Hollivud aktyori va musiqachi Uill Smit Rossiyada o‘tkaziladigan jahon chempionati rasmiy madhiyasining prodyuseri va ijrochisi bo‘ladi, deb xabar beradi Vibe.

U bilan birga madhiyani yaratishda ashulachi Niki Jyem va albaniyalik qo‘shiqchi ayol Era Istrefi ham ishtirok etadi. Madhiya musiqasini mashhur prodyuser Diplo bastalaydi.

Uill Smit instagram sahifasiga JCh-2018 rasmiy to‘pi suratini joylashtirdi va «Niki Jyem – Diplo – Era Istrefi – Uill Smit. Yo‘limiz birlashdi. Endi hayotdan zavq olaylik» - deb yozdi.