Nordwind Airlines aviakompaniyasi 1 iyundan «Toşkent-Qozon» reysini oçmoqda. Bu haqda Qozon xalqaro aeroportining veb-saytida xabar berildi.
Muntazam reyslar 220 örinli Airbus A321 mahalliy laynerlarida amalga oşiriladi.
Samolyot Qozondan juma kunlari keçqurun (18:05) parvoz qiladi va Toşkentga öşa kuni yetib keladi (23:15).
Ortga reys kelasi kuni soat 01:40da, Qozonga qöniş vaqti - 03:05da. Aeroportlarning mahalliy vaqti körsatilgan.
Çiptalar allaqaçon sotuvga çiqqan va narxi bir tomonga 10,6 ming rubldan boşlanadi (1,3 million söm).
Eslatib ötamiz, avvalroq «Uralskiye avialinii» Rostov-Dondan Toşkentga parvoz qila boşlaşi xabar qilingandi.

















