Eronning oliy yetakçisi oyatulloh Ali Homanaiy Tehron yadroviy kelişuvni tark etmasligi uçun Yevropa yetakçilariga 7 ta şart qöydi.
“Ikki yil davomida yevropaliklar sukut saqlab turganda AQŞ kelişuvni bir neça bor buzdi. Yevropaning bu uçta davlati (Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya) özlarini nohalol va işonçsiz tutmasliklarini isbotlaşlari kerak”, deb aytilgan Hameneiyning tvitterdagi sahifasida.
Uning aytişiça, Yevropa AQŞning harakatlarini qoralovçi rezolyutsiya çiqarişi, AQŞ Eronning raketa dasturi masalasini kötarmasligini va uning mintaqaviy siyosatiga aralaşmasligini kafolatlaşi kerak. Hameneiy, şuningdek, Eron nefti sotilişi ta'minlanişini, Yevropa banklari Eron bilan biznes-tranzaksiyalar olib borişni kafolatlaşini talab qilgan.
“Agar AQŞ neft sotişga xalaqit berişga muvaffaq bölsa, biz özimiz istagan hajmdagi neftni sota olişimiz kerak. Yevropaliklar kafolatlar şaklida buni kompensatsiya qilib, Eron neftini sotib olişi lozim”, deb aytgan Hameneiy.
Bundan taşqari, Eron oliy yetakçisi Yevropa AQŞning Eronga qarşi sanksiyalar kiritişiga qarşilik körsatişi lozimligini qöşimça qilgan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp 8 may kuni Vaşington Eron bilan yadroviy kelişuvdan çiqişini va şu munosabat bilan Eronga qarşi barça sanksiyalar tiklanişini e'lon qilgandi.


















