Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda turkiyalik investorlar ishtirokida 6ta mehmonxona quriladi
Joriy yilning 29 aprel kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi davomida o‘tkazilgan biznes-forumda Toshkent shahar hokimligi turkiyalik ishbilarmonlar bilan umumiy qiymati 455,2 mln dollarga teng bo‘lgan 14 loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur kelishuvlarni ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent shahar hokimining tegishli qarori bilan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Unga muvofiq poytaxtda 6ta yangi zamonaviy mehmonxona barpo etiladi. Shuningdek, tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”ga ko‘ra aholini va poytaxt mehmonlarini bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishlari uchun savdo va ko‘ngil ochar maskanlari barpo etilish rejalashtirilgan.
Shartnomalarda to‘qimachilik va sanoatning boshqa turlari bo‘yicha bir qator loyihalar ham amalga oshirilishi ko‘zlangan.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026