Rossiya taşqi siyosat idorasi rahbari Sergey Lavrov Niderlandiya TIV rahbari Stef Blok bilan telefon orqali muloqot ötkazdi va MN17 halokati suriştiruv işlarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Lavrovning sözlariga köra, Blok xalqaro guruh suriştiruvining Rossiya halokatga aloqador ekani böyiça xulosalarini tasdiqlovçi dalillarni keltirmagan.

«Men hamkasbimga Rossiya bu tergov bilan hammadan köp hamkorlik qilganini eslatdim. Bu bizni suriştiruv böyiça qöşma guruhga taklif qilişmaganiga qaramay yuz berdi», - degan Lavrov.

Vazirning aytişiça, tergovçilarga halokat haqidagi «barça batafsil ma'lumotlar» berilgan. Uning bildirişiça, kuni keça Niderlandiya prokuraturasi tomonidan navbatdagi murojaat kelib tuşgan, unga javob qaytarişga şunçaki jismoniy jihatdan imkoniyat bölmagan.

«Men ular murojaat yöllab va javob olmay, öşa kuniyoq öz işlarida yangi daraja haqidagi e'lon qilişganidan hayratga tuşdim. Biroq, ular tergovning yakuniy ravişda tugaşi uçun köp vaqt talab etilişini bildirdi», - deydi Rossiya TIV rahbari.

U röy berayotgan holatni Skripallar işi bilan taqqoslagan. Bu işda Rossiyani zaharlaşda ayblaşdi, ammo suriştiruv davom etmoqda.

«Agar bizning şeriklar bu holatda ham - gap insonlar oğir fojiasi, yuzlab odamlarning halok bölişi haqida ketyapti - öz siyosiy maqsadlariga erişiş uçun harakat qilişayotgan bölişsa, bu ularning vijdoniga havola», - deya qöşimça qilgan Lavrov.

Şuningdek, u Rossiya tomonida köplab savollar paydo bölayotganiga qaramay, hamkorlikka tayyor ekanini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya MH17 halokatida rasman ayblangandi.