Niderlandiya TIV rahbari Stef Blokning ma'lum qilişiça, Rossiya qurolli kuçlari va MN17 laynerini urib tuşirgan «Buk» zenit-raketa majmuasi örtasida töğridan-töğri boğliqlik bor. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Blokning sözlariga köra, u Rossiyadan bölgan hamkasbi Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot ötkazgan hamda uni suriştiruv xulosalaridan xabardor qilgan. Biroq, Lavrov Rossiya tomoni halokatga aloqador ekanini rad qilişda davom etyapti.

Ta'kidlanişiça, Blok Rossiya tomoni hozirgaça suriştiruvni ötkazayotgan xalqaro guruh bilan hamkorlik qila olmaganini xabar bergan. Niderlandiya vaziri Rossiyani bunday munosabatni özgartirişga çaqirdi.

«Biz Rossiyadan tovon puli tölab berilişini söraymiz», - deya ma'lum qildi Blok.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukrainada Malayziya laynerini urib tuşirgan «Buk» Rossiyaga tegişli bölgani aniqlangandi.