Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya: Sobiq Ittifoq davlatlari YeOIIga kirishi mumkin, biroq RF hech kimni majburlamaydi
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) kengayishi Sobiq Ittifoq davlatlari hisobidan amalga oshishi mumkin, biroq Rossiya hech kimni ittifoqqa majburan tortmaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Pankin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ma'lum qilgan.
«Ha, hozircha bu «beshlik» (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston - tah.). U kattalashishi mumkin. Ehtimoliy o‘sish Sobiq Ittifoq hududidagi sheriklar hisobidan yuz berishi mumkin», - degan amaldor.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro aloqalarning boshqa shakllari ham bor. «Erkin savdo hududlari, savdo-iqtisodiy hamkorlik haqidagi kelishuv, - dedi u. - Har bir davlat o‘z manfaatini o‘ylashi kerak hamda, albatta, Rossiya kim YeOIIga kirishini hal qilmaydi, sababi bu teng huquqli davlatlar ittifoqi, ular kimni qachon va qanday maqomda qabul qilishni kollektiv tarzda hal etadi».
«Biz hech kimni YeOIIga tortayotganimiz yo‘q, na kengaytirish, na sherik maqomi yoki kuzatuvchilikka. Shunchaki, YeOII haqiqatdan ham ma'lum bir integratsion kuchga aylanmoqda», - degan Pankin.
Mavzuga oid
22:54
Navoiyda onlayn qimorga yutqazgan yigit qarzdan chiqish uchun Rossiya armiyasiga yollanishga qaror qildi
08:52
AQSh Rossiyaning Kubaga ketayotgan neft tankerini to‘xtatmadi
10:18 / 28.03.2026
Ukrainada urush uchun pul iyungacha qolgan
09:33 / 28.03.2026