Jamiyat | 08:27 / 28.05.2018
9693
1 daqiqa o‘qiladi

Tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, 1500 dollar olgan shaxs ushlandi

Foto: iStock

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, fuqaro I. o‘zini Chust tibbiyot kolleji fizika fani o‘qituvchisi vazifasida ishlashini aytib, fuqaro Z.ning ishonchiga kirib, uni aldab, o‘g‘li Sh.ni to‘lov kontrakti asosida tibbiyot kollejiga muassasa rahbarlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, 1.500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro I.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid