Özbekistonning iqtisodiyot vaziri Botir Xöjayev mehnatga layoqatli aholi sonining yuqori darajasini mamlakat iqtisodiyotidagi asosiy muammo deb hisoblaydi. U Toşkent davlat iqtisodiyot universitetidagi xalqaro konferensiyada şunday bayonot berdi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.
"Biz yaqin 10 yildagi asosiy muammomiz mamlakat aholisi orasida mehnatga layoqatli kişilar uluşining favqulodda yuqoriligiça qolişi bilan boğliq ekanini yaxşi tuşunib turibmiz", - dedi u.
Xuddi şu omilni kuçli tomon sifatida ham köriş mumkin, deb hisoblaydi u. "Mehnatga layoqatli kişilarning bunday yuqori körsatkiçlaridan iqtisodiy ösiş omili sifatida foydalaniş kerak", - deydi Xöjayev. Uning sözlariga köra, şunday mamlakatlar borki, ularda demografiya böyiça muammolar mavjud va u mamlakatlarning ösiş sur'atlarini ta'minlaş uçun asosiy omillardan biri - mehnat resurslari yetişmaydi.
Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga asoslanadigan bölsak, Özbekistonda işsizlik darajasi 2017 yilda iqtisodiy faol aholining 5,8 foizni (837 ming kişi) taşkil qilgan. Biroq iqtisodiyot modernizatsiyasi va yangi sohalarning paydo bölişiga qaramay, hukumat zarur işçi örinlarini yaratişga ulgurmayapti.
"Afsuski, bugungi vaziyatda biz işçi örinlar yaratiş masalasida ortda qolyapmiz", - dedi Xöjayev. U bu masalani hal qiliş "ijtimoiy taranglik bartaraf etilişi bilan boğliq" ekanini ta'kidladi.

















