La Liga prezidenti Xaver Tebas forvard Krishtianu Ronalduning «Real»dan ehtimoliy ketishi haqidagi so‘zlariga izoh berdi.
«O‘ylashimcha, bu navbatdagi bobdan boshqa narsa emas. Men u ketishni xohlayotgani, qolayotgani, ular muzokaralar olib borayotgani haqida ko‘p bora eshitdim. O‘ylashimcha, u «Real»da kelasi mavsum ham o‘ynaydi.
Ronalduning besh yil muqaddam ketishi meni hozirgidan ko‘proq tashvishga solgan bo‘lardi, biroq hozir emas, sababi biz La Liga brendi ustida yaxshi ishladik», - deya aytib o‘tdi Tebas.

















