Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Kun tartibida joriy yil uchun belgilangan tovarlar va xizmatlar eksporti rejasining bajarilish holati, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud zaxiralarni aniqlash va to‘liq ishga solish chora-tadbirlari, tovarlar va xizmatlar importini optimallashtirish, ularning narxini asossiz ravishda oshirilishini oldini olish, import o‘rnini bosuvchi mahalliy mahsulot ishlab chiqarish qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi, joriy yilda yetishtirilgan boshoqli don ekinlarini nobudgarchiliksiz yig‘ishtirib olish, g‘o‘za parvarishida kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, suvdan samarali foydalanishda mutasaddilar va sektor rahbarlarining shaxsiy mas'uliyati va boshqa masalalar bor.
Yig‘ilishda shahar, tuman hokimlari va ularning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, qishloq xo‘jaligi va investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, prokurorlar, IIB boshliqlari, soliq, iqtisodiyot, moliya, elektr, agrosanoat sektori tegishli mutasaddi xodimlari ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026