Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sel xavfini bartaraf etishda halok bo‘lgan DXX xodimi «Jasorat» medali bilan mukofotlandi
Harbiy burchini ado etish hamda tabiiy ofatda odamlar hayotini saqlab qolish maqsadida, o‘z hayotini xavfga qo‘ygan Shohruxbek O‘razoliyev Norjigit o‘g‘li vafotidan so‘ng «Jasorat» medali bilan mukofotlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiylarini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmonida shunday deyiladi, deb yozmoqda "Xalq so‘zi".
Ma'lum qilinishicha, Shohruxbek O‘razoliyev (vafotidan keyin) va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari chegara posti boshlig‘ining o‘rinbosari Bobirjon Muxidinov «Jasorat» medali bilan mukofotlanishdi. Shohruxbek O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari mutaxassis-granatomyotchisi edi.
"O‘g‘lim o‘z qasamyodini buzmasdan, o‘z jonini Vatan uchun fido qildi. Shunday o‘g‘lim borligidan faxrlanaman", deb intervyu bergan marhumning otasi.
Eslatib o‘tamiz, may oyining ikkinchi yarmida O‘zbekiston bo‘ylab boshlangan sel xavfidan himoyalanish uchun barcha mutasaddi vakillar, jumladan Shohruhbek ham qaynoq hududdagi ishlarga jalb etilgandi. U sel xavfini bartaraf etishda halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:52 / 03.07.2026
O‘zgidromet kuchli yomg‘irlar va sel xavfi haqida ogohlantirdi
16:36 / 22.06.2026
Sariosiyodagi xalqaro ahamiyatga ega ko‘prikka sel zarar yetkazdi, harakat vaqtincha to‘xtatildi
08:25 / 19.06.2026
Zomin va Baxmalda sel kuzatildi, 3 ta avtomobil oqib ketdi
10:45 / 12.06.2026