Kubada tört kişi «Alberto» tropik pörtanasi tufayli halok böldi. Bu haqda Prensa Latina xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga köra, «Alberto» pörtanasi tufayli yuzaga kelgan suv toşqinlari sabab Kuba markaziy qismida tört kişi hayotdan köz yumgan.
Avvalroq, Kubada «Alberto» dovuli oqibatida kamida 11 ming kişi xavfsiz joylarga köçirilgani ma'lum bölgandi. Ta'kidlanişiça, dovul sababli yuz bergan kuçli yomğirlar tufayli mintaqada vahima kelib çiqqan.
Kuba temir yöllari uyuşmasi milliy darajadagi yölovçi taşuvlari bekor qilingani haqida xabar berdi. Avtomobil taşuvlari ham töxtatib qöyilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Alberto» tropik pörtanasi AQŞning Florida ştatiga yopirilgani xabar berilgandi.












