Uning so‘zlariga ko‘ra, Babchenko «Ukrainaning haqiqiy do‘sti» bo‘lgan va Rossiya «unga buni kechira olmagan».

29 may kuni Kiyevda rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenko o‘ldirildi.

Babchenko 2017 yilning 21 fevral kuni Rossiyani tark etishga majburligi, bunga o‘ziga to‘xtovsiz tahdid qilishayotgani sabab ekanini ma'lum qilgandi. U 2017 yilning oktabridan 2018 yilning may oyiga qadar ATR telekanalidagi «Prime: Babchenko» dasturini olib borgan.