Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, odam tirik ekani yaxshidir.
«Biz izoh bermaymiz. Voqea juda g‘alati. Bu holatda maqsad vositalarni qanchalik oqlashini bilmayman. U tirik ekanidan xursandmiz», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Babchenko o‘ldirilgani haqidagi xabar 29 may oqshomida paydo bo‘ldi. Ertasi kuni UXX jurnalistning tirik ekani, Babchenkoning o‘ldirilishi haqiqiy suiqasd tashkilotchilarini qo‘lga olish maqsadida sahnalashtirilganini e'lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Babchenko ishi terakt sifatida tergov qilinishi haqida xabarlar tarqalgandi.











