Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qonga botgan rejim». Britaniya matbuoti Angliya termasi JChda ishtirok etishidan darg‘azab
Britaniya OAV futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasining Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati-2018da ishtirok etish bo‘yicha qaroridan norozi bo‘lmoqda.
«Vladimir Putinning Rossiyasi - jinoyatchilar davlati, unda rejimga qarshi bo‘lganlar - ham mamlakat ichida, ham tashqarisida, - doimiy ravishda qotillar tomonidan o‘ldirilmoqda», - deya yozadi Daily Mail.
Nashr sharhlovchisining ta'kidlashicha, angliyaliklar futbolga alohida mehr qo‘ygan, biroq «Putinning tashviqot konsertida» ishtirok etishga protest bildirishga tayyor emaslar.
«Futbol rahbarlariga bir necha haftadan so‘ng jahon chempionatini qabul qiluvchi davlat qonli rejimligi, o‘z dushmanlarini sanoat ko‘lamlarida yo‘q qilib tashlashga mas'ul ekani, hattoki Britaniyada ham bu ishdan qaytmayotgani bo‘yicha yana qanday dalillar kerak?
Ta'kidlab o‘tish joizki, bu jahon chempionati, albatta, Rossiyaga FIFA xodimlari poralar tagida ko‘milib ketganidan so‘ng berildi», - deb yozadi maqola muallifi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq JCh-2018 Rossiya iqtisodiyotiga qanday ta'sir qilishi aytilgandi.
Mavzuga oid
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
10:10 / 08.07.2026