Misr futbol uyushmasi prezidenti Honiy Abu Rizo «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohning jarohatdan tiklanib olish jarayoni haqida so‘zlab berdi.

«Saloh yelka mushagi paylarini cho‘zib olgan, u 2-3 hafta davomida davolanadi. Uning jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Urugvayga qarshi o‘yinda ishtirok etish masalasi so‘roq ostida. Ammo, buni ta'minlash uchun barcha choralarni ko‘ramiz» - deb rahbar so‘zlarini keltirmoqda Kingfut.

Eslatib o‘tamiz, Misr terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichida Urugvay (15 iyun), Rossiya (19 iyun) va Saudiya Arabistoni (25 iyun) bilan bellashadi.