Jahon | 08:07 / 01.06.2018
11079
2 daqiqa o‘qiladi

«Aksilrazvedkaga ishlaganman». Babchenko ishi bo‘yicha gumonlanuvchi bayonot berdi

Foto: RBK-Ukraina

Rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenkoga suiqasd qilishni tashkillashtirishda gumonlanayotgan Boris Germanning ma'lum qilishicha, u Ukraina aksilrazvedkasiga ishlagan. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» nashri yozmoqda.

Gumonlanuvchi 31 may kungi sud majlisi vaqtida shunday bayonot bergani aytiladi, u yerda unga nisbatan ehtiyot chorasi tanlandi. Sud uni ikki oyga qamoqqa olish haqida qaror chiqardi.

Germanning so‘zlariga ko‘ra, u uzoq vaqt davomida Ukraina aksilrazvedkasi bilan hamkorlik qilib kelgan. U qandaydir tanishi murojaat qilganini aytgan, o‘sha shaxs Ukrainada Rossiya pullari hisobidan tartibsizlarni keltirib chiqarish bilan shug‘ullanishi iddao etiladi.

«Bu ertak yoki afsonadek eshitilishi mumkin, biroq hammasiga hujjatlar bor», - dedi German.

Shuningdek, gumonlanuvchining qo‘shimcha qilishicha, suiqasdning ehtimoliy ijrochisi Aleksey Tsimbalyuk hech qachon qurolsiz odamni o‘ldirmasligi sababli tanlangan - shuning uchun u darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan va tayyorlanayotgan suiqasd haqida xabar bergan.

Prokuror Germanning Ukraina aksilrazvedkasi bilan bog‘liq ekani haqidagi bayonotini rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Babchenkoning o‘ldirilishi nima uchun sahnalashtirilgani ma'lum bo‘lgandi. 

Mavzuga oid