Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmon O‘zbekistonga qachon kelishi ma'lum bo‘ldi
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Tojikiston hukumatining Dushanbedagi qarorgohida 31 may kuni tushdan keyin Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AP xabar bermoqda.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiyot, xavfsizlik, madaniyat, ijtimoiy va agrar sektorni rivojlantirish, energetika, sanoat sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
Joriy yilning mart oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida Dushanbe va Toshkent o‘rtasida imzolangan bitimlarning bajarilishiga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning joriy yil kuzida O‘zbekistonga amalga oshiradigan davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi ikki mamlakatning barcha sohalardagi aloqalarini rivojlantirishga yangi turtki berishiga ishonch bildirdi.
Tomonlar bugun Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida kun tartibi, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida munosabatlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulla Aripov Tojikistonga borishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
20:55 / 17.02.2026
Bosh vazir Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi
09:57 / 17.02.2026
Ikki haftalik tanaffusdan so‘ng Imomali Rahmon yana ko‘rinish berdi
15:22 / 07.01.2026