Prezident Şavkat Mirziyoyev Afrosiyob va Beşyoğoç köçalari tutaşgan joyda qurilayotgan köp tarmoqli sport saroyini borib kördi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu yerda quriliş işlari 2017 yil fevral oyida boşlangan edi. Arena uç xil: muz, sport va konsert tartibida işlaydigan böladi. Zaruratga qarab, bir holatdan boşqasiga moslaştiriladi. Unda xokkey, figurali uçiş, şort-trek, kyorling bilan şuğullaniş, basketbol, voleybol, futzal, kuraş, boks, qiliçbozlik, taekvondo kabi sport turlari böyiça musobaqalar ötkaziş uçun zamonaviy şaroit yaratiladi. Şuningdek, bu yerda konsertlar, körgazma va konferensiyalar taşkil etiş ham mumkin böladi. Rejaga köra, mazkur majmua joriy yil dekabr oyida, Yangi yil bayrami arafasida foydalanişga topşiriladi.

Davlat rahbari majmua qurilişining borişi bilan tanişdi.  Bu inşoot ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini, butun yil davomida işlaşi zarurligini ta'kidladi. Bu yerda şuğullanadigan sport jamoalarini şakllantiriş, ular uçun sport kiyimlari va anjomlarini işlab çiqaradigan korxona taşkil etiş böyiça topşiriqlar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati