Prezident Şavkat Mirziyoyev Çilonzor tumani Bunyodkor va Çöponota köçalari kesişmasida bunyod etilayotgan yöl ötkazgiçni közdan keçirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uşbu yöl ötkazgiçning umumiy uzunligi 676 metr, kengligi 24 metrdan ziyod böladi. Transportlar 6 qatorda harakatlanadi.
“Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyatiga qaraşli “Köprik quriliş tresti” korxonasi tomonidan olib borilayotgan bunyodkorlik işlari yakunlaniş arafasida. Bugungi kunda ustunlarga temir-beton plitalar yotqizilib, yölgaça bölgan oraliq şağal bilan töldirilmoqda. Har biri 124 metr bölgan ikkita piyodalar estakadasi qurilişi davom etmoqda.
Şu yerda yangi köpriklar quriş, mavjudlarini ta'mirlaş va ekspluatatsiya qiliş borasidagi işlar taqdimoti ötkazildi. Toşkent şahrida yana ön beşta joyda yöl ötkazgiçlar qurilişi ma'lum qilindi.
Şavkat Mirziyoyev mamlakatdagi barça köpriklarni inventarizatsiyadan ötkaziş, ularni saqlaş va rejali ta'mirlaş zarurligini ta'kidladi. Şu maqsadda köpriklarni ekspluatatsiya qiliş bilan şuğullanadigan tizim yaratiş, bunga ixtisoslaşgan kadrlar tayyorlaş va zamonaviy quriliş materiallarini özlaştiriş böyiça topşiriqlar berdi.















