Şimoliy Koreya va AQŞ örtasidagi sammitga tayyorgarlik köriş davomida moddiy ta'minot bilan boğliq muammo yuzaga keldi. Gap şundaki, tomonlar Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In va Şimoliy Koreya delegatsiyasining mehmonxonada töxtaşi uçun qaysi tomon pul tölaşini hal qilolmayaptilar. Bu haqda Washington Post naşri ma'lum qildi. 

Kim Çen In töxtaşi rejalaştirilayotgan Singapurdagi Fullerton mehmonxonasidagi prezident lyuksi bir keça uçun 6 ming dollar turadi. Bundan taşqari, şimoliy koreyaliklarga Singapurga yetib oliş uçun boşqa davlat samolyoti kerak bölişi mumkin.  

Şimoliy Koreya vakillari xarajatlarni öz zimmasiga boşqa tomon olişini istaşmoqda. AQŞ tomoni bunga rozi, biroq Şimoliy Koreya buni haqoratdek qabul qilişi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. Şu sababli AQŞ Şimoliy Koreya delegatsiyasi xarajatlarini Singapur tölab berişi böyiça muzokaralar olib bormoqda.

Naşrning ta'kidlaşiça, bunday holatlarga avval ham duç kelingan. Misol uçun, Pyongçangdagi Olimpiadada Şimoliy Koreya delegatsiyasining 2,6 mln dollarlik xarajatlarini tölaşni Seul öz zimmasiga olgan.