Fransiyalik rassom Benedetto Bufallino eski Ford Mondeo avtomobilini pitssa pishirish uchun pechga aylantirdi.
Rassom mashinaning oynalari joylashgan qismini kesib olib, mashina ichidagi o‘rindiqlar va barcha qurilmalarni olib tashlagan. U mashina ichiga pitssa pishirish uchun “tokcha”ni joylab, issiqlikni saqlash uchun uning atrofini g‘ishtlar bilan o‘rab chiqqan. Qarabsizki, pitssa pishirish uchun binoyidek pech tayyor bo‘lgan.























