Xayriya: mitti ammo jur'atli Daryana shifo topishiga hissa qo‘shaylik

Foto: KUN.UZ
KUN.UZ sayti fazilatli Ramazoni sharif munosabati bilan yordamga muhtoj, og‘ir dardga chalingan, boshiga musibat yetgan vatandoshlarimizning og‘irini yengil qilish maqsadida xayriya aksiyalari sonini ko‘paytirishga qaror qildi. Mehr-muruvvatga, xayr-saxovatli insonlar ko‘magiga muhtoj yurtdoshlarimizdan biri 2014 yilda dunyoga kelgan, sho‘xgina, ammo ko‘zlarida mungni yashirgan Daryana Shagaydir.
Biz Daryaning qanday xastalikka yo‘liqqani, uning shifo topishi uchun qanday yordam kerakligini bilish maqsadida u istiqomat qiladigan uyga bordik va holidan xabar oldik.
Bir qarashda Daryana bemorga o‘xshamaydi, hovlida chopqillab o‘ynab yuribdi, sho‘x va o‘yinqaroqligi ham rost. Ammo onasi taqdim etgan hujjatlar bilan tanishar ekanmiz, fikrimiz o‘zgardi.
Daryananing onasi Yananing so‘zlariga ko‘ra, kasallikning ilk alomatlari o‘tgan yili boshlangan. Daryaning asablari buzila boshlagan, eshitish va chap ko‘zining ko‘rish qobiliyati susaygan. Shundan so‘ng, poytaxtdagi turli yetakchi tibbiy muassasalarga murojaat qilinib, MRT tekshiruvlaridan o‘tilgan, tibbiy tahlillar olinib, yetakchi mutaxassislardan maslahatlar olingan.
Bundan tashqari, Rossiya (2ta), Isroil, Hindiston, Germaniya va J.Koreyadagi tibbiy muassasalarga MRT natijalari yuborilib, ularning fikrlari o‘rganilgan. Ma'lum bo‘lishicha, Rossiyaning Moskva shahridagi shifoxonadan boshqa barchasi Daryananing bosh miyasida araxnoidal kista bor, degan tashxis qo‘ygan.
Bosh miya araxnoidal kista – bu inson bosh miyasini qoplab turuvchi 3 ta qobiq – qattiq miya, araxnoidal (o‘rgimchak inisimon) va yumshoq ichki qobiqdan o‘rtadagi araxnoidal qobiqda bo‘luvchi shish, o‘simta yoki patalogik o‘zgarishdir.
Shundan so‘ng, oila yaqinlari ko‘magida bu dardni davolash uchun imkon qadar mablag‘ yig‘ilgan. Jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘yicha J.Koreya mutaxassislarining taklifi oilaga ma'qul kelgan. Koreyaning Tegu shahrida joylashgan KNUH shifoxonasi 13725 AQSh dollari evaziga Daryaning boshidagi kistani tig‘ tekkizmasdan, maxsus igna yordamida olib tashlash mumkin ekanligini bildirgan.
Bugungi kunda ushbu mablag‘ning deyarli yarmi to‘plangan bo‘lib, qolgan qismini to‘plashda oilaning imkoniyati yetarli emas. Shu boisdan ham Yana bizga murojaat qilib, mitti Daryana sog‘ayib ketishida hissa qo‘shish uchun xayriya aksiyasi o‘tkazib berishni so‘radi.
Azizlar, Daryana Shagay uchun o‘tkazilgan xayriya aksiyasi o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etib, hissa qo‘shganlardan minnatdormiz. Alloh qilgan xayrli amallaringiz savobini ko‘paytirib bersin!
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farg‘onada Singapur ishtirokida muqobil energiya manbalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 11:45
-
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi
Jahon | 11:30
-
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi
O‘zbekiston | 11:15
-
Kuvayt bilan neft-kimyo sohasida 850 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
Iqtisodiyot | 11:00
Mavzuga oid

20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi

15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi

15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

13:54 / 31.01.2025