Qirğiziston davlat milliy xavfsizlik qömitasi (DMXQ) sobiq boş vazir örinbosari Asqarbek Şodiyevga nisbatan qidiruv e'lon qildi, zero u qidiruv organlaridan atay qoçib yuribdi, deyiladi vb.kg saytida. 

DMXQ ma'lumotlariga köra, 28 aprel kuni jinoiy iş qözğatilganidan keyin Jögorku Keneş deputati, sobiq boş vazir örinbosari Asqarbek Şodiyev Qirğiziston diplomatik pasportidan foydalanib, "Xöjand-Moskva" yönalişida parvoz qilgan, u yerdan esa Nyu-Yorkka yöl olgan. 

Qarindoşlarining ma'lumotlariga köra, Şodiyev davolanişga ketgan bölib, 1-2 haftada qaytişi kerak bölgan.

2018 yilning 31 may kuni QR DMXQ Ç.Aytmatov nomidagi mukofot pulini topşirişga ajratilgan 30 ming dollar miqdoridagi budjet vositalarini özlaştirilişi munosabati bilan deputat Şodiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining "Lavozimini suiiste'mol qiliş"ga doir moddasi böyiça ayblov qöyiladi. Xuddi şu kuni Bişkek şahrining "Pervomayskiy" tuman sudi qarori bilan unga nisbatan qölga oliş körinişidagi ehtiyot çorasi tanlandi. 

Mazkur jinoiy iş 2018 yilning 28 aprelida QR Boş prokuraturasi tomonidan qözğatilgan. Tergov versiyasiga köra, bir kun avval Şodiyev Isfan şahridagi (Tojikiston tomonda) qarindoşining dafn marosimiga ketgan bölgan.