Nomi oshkor etilmagan yuqori mansabli amaldorning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Xantsman mamlakatlar yetakchilari uchrashuvini tashkillashtirishda yordam ko‘rsatish maqsadida Vashingtonga kelgan. Biroq, tayyorgarlik jarayoni hozirgi paytda eng dastlabki bosqichda turibdi.
«Putin va Tramp o‘rtasidagi rasmiy uchrashuvni tashkillashtirish - elchi Xantsmanning hozirgi loyihasi, u bir necha oy davom etadi», - deya aytib o‘tgan manba.
Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov aprel oyida, Tramp 20 mart kungi telefon muloqoti davomida Putinni Oq uyga taklif qilgani haqida xabar bergandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Kim Chen In va Putinning uchrashuvini istisno etmagandi.











