Barça davrlar uçun dolzarb dono maslahatlar.

1. Epiktet, «Enxiridion»

Dunyoda ba'zi narsalar bizning tasarrufimizda bölsa, boşqalari - imkon doiramizdan taşqarida böladi. Taxmin, şijoat, sa'y-harakat, çekiniş va hokazolar - bizning tasarrufimizda; tana, mulk, şon-şuhrat, rahbarlikka tayinlaniş kabilar - bizning tasarrufimizda emas.

Epiktet

Biz öz xohiş-istaklarimiz, fikrlarimiz va xatti-harakatlarimizni nazorat qilamiz. Qolgan barçasini, taşqi hodisalarga ta'sir körsatişga harçand urinmaylik, nazorat qila olmaymiz.

His-tuyğular va xohiş-istaklar girdobida qolganingizda yodingizda bölsin: sizda ularga ergaşiş yoki ergaşmaslik imkoni bor. Bu doim faqat özingizga boğliq böladi. Bir lahzalik hissiyotlarga beriliş yo berilmaslik öz qölingizda.

Maslahatni qanday qilib hayotga tatbiq qiliş mumkin?

Dökonda biror keraksiz narsa xarid qiliş istagi tuğilganda şu haqida öylang. Taom tayyorlaşga erinib, uyga ovqat buyurtma qilmoqçi bölganingizda ham şu maslahatni yodga oling. Şuni unutmangki, sizning tanlovingiz sizning moliyaviy ahvolingizga töğridan-töğri ta'sir körsatadi. Har qanday şunday qarorning öz qiymati bor.

2. Sofokl, «Antigona»

Foto: Kaptain Kobold

Dunyoda pulçalik axloqni buzadigan narsa yöq.

Sofokl

Pul — almaşinuv vositasi. Maqsadga erişiş yoki istagan narsani qölga kiritiş uçun pul yetmasa, bu umidsizlikka olib keladi. Ta'kidlaş joizki, köpçilik nafaqat orzuga yetişişda, balki şunçaki kun körişga ham pul yetişmagan vaziyatda qoladi. Bunday vaziyatda tejamkorlikka rioya qiliş juda qiyin.

Maslahatni qanday qilib hayotga tatbiq qiliş mumkin?