Shifokor kardiolog Kamola G‘ulomova

Gipertoniya, ya'ni qon bosimining oshishi kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, tashxis qo‘yish, davolash hamda oldini olish yo‘llari haqida barcha ham bilavermasa kerak. «Kun».uz muxbiri «Sog‘lom hayot» dasturining navbatdagi  sonida oliy toifali shifokor kardiolog Kamola G‘ulomova bilan ushbu mavzuda suhbatlashdi.

Video: Tasi-IX

Video: You Tube

Gipertoniya qanday xastalik?

Gipertoniya — qon tomirlarining nerv-funksional faoliyati buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallikdir. Kasallik asosan 40 yoshdan kattalarda uchraydi, lekin so‘nggi yillarda yoshlarda ham tez-tez kuzatilmoqda. Bu darddan ayollar ham, erkaklar ham bir xil aziyat chekishadi. Gipertoniya yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan xastalangan kishilarning o‘limiga sabab bo‘luvchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, gipertoniya sayyoramizdagi nogironlikning asosiy sabablaridan biridir. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, qon bosimi oshganda birinchi yordam kech ko‘rsatilsa, bemorlarning ahvoli juda og‘irlashishi, hatto o‘lim holati kuzatilishi mumkin.

Qon bosimi oshishi belgilari

Gipertoniyaning asosiy alomati — miya tomirlarining spazmi va torayishi tufayli bosh og‘rig‘idir. Shuningdek, ko‘pincha quloqlarda shovqin