Odatda oziq-ovqatni xarid qiliş çoğida mahsulot sifati, uning qadoğidagi yaroqlilik muddati bilan boğliq savollar paydo böladi. Kun.uz quyida mahsulot sifati va yaroqlilik muddatiga boğliq eng köp beriladigan savollarga mutaxassislar tomonidan bildirilgan javoblarni taqdim etadi.

Oziq-ovqat mahsuloti xarididan söng, uning sifatidan qoniqmagan yoki jabr köriş holatida iste'molçi kimga murojaat qiladi: dökon egasigami yoki işlab çiqaruvçiga?

Mahsulotning sifati va xavfsizligiga birinçi örinda işlab çiqaruvçi javobgardir. Ammo, mahsulot sifati uni saqlaş şaroiti, taşiş va realizatsiya qiliş qoidalariga rioya etilmaganligi sababli buzilganligi aniqlansa, savdo taşkiloti zararni qoplaşi kerak böladi.

Mahsulot haqidagi batafsil ma'lumotni xaridor kimdan olişi mumkin?

Agar sizni oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir, saqlaş şaroiti, yaroqlilik muddati va narxi kabi ma'lumotlar qiziqtirsa, dökon xizmatçilaridan bemalol sörab olişingiz mumkin.

«Har bir mahsulotning öramida xaridor uçun ahamiyatli bölgan ma'lumotlar qayd etilgan böladi. Dökon personaliga ham muntazam ravişda ötkaziladigan treninglarda mahsulotlar, ularning xususiyatlari haqida ma'lumot beriladi. Demak, xaridor bemalol sotuvçiga özini qiziqtirgan savol bilan murojaat qilişi mumkin», deydi korzinka.uz dökonlar tarmoği rahbari Zafar Hoşimov.

Qadoqlangan tovarlarning yaroqlilik muddati singari ma'lumotlar uning öramida körsatiladi. Ammo non va non mahsulotlari, meva-sabzavot, suzma kabilarnikiçi?

Qadoqlanmagan mahsulotlarning yaroqlilik muddati bir neça kunni taşkil etadi: non mahsulotlari — 16 soatdan 36 soatgaça, suzma — 3 sutka, meva va sabzavotlar — salqin şaroitda 5 kungaça saqlanadi.

Yaroqlilik muddati ötgan mahsulotlar nima qilinadi?

Bu tadbirkor bilan tuzilgan kelişuvga boğliq. Aksariyat hollarda mahsulot yaroqlilik muddatining tugaşiga kam vaqt qolganda u işlab çiqaruvçiga qaytarib beriladi, ba'zi hollarda esa dökonning özi mahsulotni sotuvdan çetlaştiriş va belgilangan me'yorga köra utilizatsiya qiliş bilan şuğullanadi.

Işlab çiqaruvçi öz mahsulotining tarkibini töliq körsatmaslikka haqqi bormi? Bölsa qanday hollarda?