Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Tramp bilan uchrashuvi nega haligacha ro‘y bermaganini aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan uchrashuvi Qo‘shma Shtatlardagi ichki siyosiy kurash kuchayib ketgani tufayli hamon amalga oshmadi.
«Buni Qo‘shma Shtatlardagi hamkasblarimizdan so‘rash kerak. Mening fikrimcha, bu AQShda ichki siyosiy kurash juda kuchayib ketgani tufayli ro‘y berdi», - deya ma'lum qilgan Putin Avstriyaning ORF telekanaliga.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, intervyudan bir qismni Avstriya radiosi keltirgan.
Avvaloq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva Putin va Trampning uchrashuvini tashkillashtirish masalasida amerikalik sheriklar tomonidan aniqlik va tashabbus yetishmayotganini ko‘rayotgani haqida ma'lum qilgandi.
AQShning Moskvadagi elchisi Jon Xantsmanning o‘z navbatida xabar berishicha, Tramp hamon Putin bilan uchrashuv o‘tkazish tarafdori bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va Putinning uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
18:39 / 30.06.2026
«O‘zlariga qaytayotgan urush realligi» – Rossiya yana dronlar hujumiga uchradi
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026