Foto: AP
  •  Braziliya barcha final bosqichlarida ishtirok etgan yagona terma jamoa hisoblanadi. Shuningdek, ushbu terma jamoa bosh sovrinni eng ko‘p – 5 marotaba qo‘lga kiritgan.
  • Meksikali darvozabon Antonio Karbahal 5 ta mundialda ishtirok etgan yagona futbolchi. U 1950 – 1966 yillarda bo‘lib o‘tgan barcha mundiallarda qatnashishga muvaffaq bo‘lgan.
  • Bir turnirda eng ko‘p gol muallifi fransiyalik hujumchi Jyuss Fontendir. U 1958 yildagi jahon chempionatida 13 gol kiritgan.
  • Jahon chempionatlari tarixidagi eng yirik hisoblar 9:0 va 10:1. Birinchi hisob ikki marta qayd etilgan: Vengriya – Janubiy Koreya (1954) va Yugoslaviya – Zair (1974) o‘yinlarida. 1982 yilgi turnirda esa Vengriya Salvadorni 10:1 yenggan.
  • Ingliz futbolchisi Jyeffri Xerst final o‘yinida xet trik qilgan yagona futbolchi sanaladi. U 1966 yilgi finalda nemislar darvozasini uch bor aniq nishonga olgan.
  • Vitorio Potstso o‘z terma jamoasini chempionlik shohsupasiga 2 marta olib kelgan yagona murabbiy sanaladi. U Italiya bilan birgalikda 1934 va 1938 yillarda chempion bo‘lgan. Germaniya terma jamoasi murabbiyi Ioaxim Lyovda bu natijani takrorlash imkoni bor.
  • Frants Bekkenbauer (Germaniya) va Mario Zagalo (Braziliya) ham murabbiy, ham trener sifatida chempionlikka erishganlar.  Turnir favoritlaridan biri bo‘lmish Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham ham futbolchi sifatida jahon chempioni bo‘lgan.
  • Atigi 6 chempionat maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlangan.
  • Braziliya (1958, 1962) va Italiya (1934, 1938) qatorasiga ikki marta chempion bo‘lishni uddalashgan. Germaniya bu yil ularning natijasini takrorlashi mumkin.
  • Faqat Ispaniya va Germaniya terma jamoasining bir qator futbolchilarida ikki karra chempion bo‘lish imkoniyati mavjud. Undan oldingi JCh-2006 g‘olibi italiyaliklar mundialga tashrif buyurishmaydi.
  • Jahon chempionati final bosqichida qatnashgan eng yoshi katta futbolchi kolumbiyalik darvozabon Farid Mondragon hisoblanadi. U JCh-2014 da Yaponiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushganida 43 yosh-u 3 kunlik edi. U shu tariqa Rojye Millaning rekordini yangiladi – 42 yosh, 39 kun.
  • Jahon chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol turkiyalik hujumchi Hoqon Shukurga tegishli. U JCh-2002 3-o‘rin uchun o‘yinning 11-sekundida janubiy koreyalik darvozabonni dog‘da qoldirgan.
  • Italiya terma jamoasi darvozasini 1990 yilgi musobaqada qo‘riqlagan Valre Zenga “quruq seriya” bo‘yicha rekordchi sanaladi. U o‘z darvozasi daxlsizligini 516 daqiqa saqlab turishga muvaffaq bo‘lgan.