Yaponiyaning Nagoya şahrida XX yozgi Osiyo öyinlari futbol turniri davom etmoqda.

Özbekiston U23 terma jamoasi guruh bosqiçining ikkinçi öyinini Kuvaytga qarşi ötkazib, 2:0 hisobida ğalaba qozondi. Ikkala gol ham birinçi taymda Sardor Bahromov tomonidan urildi. Ikkinçi taym avvalida Röziboy Fayzullayev maydondan çetlatildi, biroq özbekistonliklar işonçli tarzda himoyalanib, kerakli hisobni uşlab qoldi.

photo_2026-09-18_15-58-27
ЎФА
Сардор Баҳромов

Uşbu ğalabadan keyin boş murabbiy Ravşan Haydarov şogirdlari hisobidagi oçkolar soni 6 ga yetdi va jamoa muddatdan avval çorakfinalga çiqdi. Birinçi turda özbekistonliklar Filippinni 5:1 hisobida doğda qoldirgan edi.

Guruhning yana bir öyinida Vyetnam xuddi şu hisobda Filippinni yengdi va 4 oçko töpladi. Özbekiston yoşlari guruh ğolibini aniqlab beruvçi yakuniy öyinni 22-sentabrda Vyetnamga qarşi ötkazadi.

Osiyo öyinlari futbol turnirida 15 ta jamoa törtta guruhga ajratilgan. Guruhda 1- va 2- örinni egallagan jamoalar pley-off bosqiçiga yöl oladi. Reglamentga köra, jamoalar 23 yoşgaça bölgan futbolçilardan iborat tarkib, şuningdek, 23 yoşdan katta 3 nafar futbolçi bilan iştirok etişi mumkin. Özbekiston terma jamoasi turnirda 21 yoşgaça bölgan tarkib bilan iştirok etmoqda. Bu Los-Anjeles - 2028 olimpiadasi saralaşida qatnaşuvçi jamoaning yetarliça tajriba töplaşi maqsadida qilindi.

Osiyo öyinlari futbol turniri 1990-yildan buyon ötkaziladi. Turnirda Eron va Janubiy Koreya 3-martadan ğolib bölgan. Şuningdek, Özbekiston (1994-yilda), Qatar va Yaponiya ham oltin medallarni qölga kiritgan.

Osiyo öyinlari 2026, S guruhi, 2-tur, Nagoya, 18-sentabr

Özbekiston U23 – Kuvayt U23 2:0

Gollar: Sardor Bahromov (6, 36)

Özbekiston: Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, Dilşod Murtazoyev, Ğiyosjon Rizaqulov, Ravşan Xayrullayev, Sardor Bahromov (Ollabergan Karimov 46), Saidumarxon Saidnurullayev (Şodiyor Şodiboyev 71), Muhammadali Örinboyev (Quvonçbek Xuşvaqtov 59), Asilbek Jumayev (Diyor Abdunazarov 87), Azizbek Tölqinbekov, Röziboy Fayzullayev.

Çetlatiş: Röziboy Fayzullayev (ikkinçi sariq, 48).