Bir yerni obod qiliş katta savob iş. Allohning uyi – masjidlarni obod etiş esa undan-da ulkan savob amaldir. Gözal, çaroğon va körkam masjidlar mömin-musulmonlar qalbida faxr tuyğusini yanada oşiradi. Alloh öz kalomi Qur'oni karimda şunday marhamat qiladi: “Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni tökis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boşqadan qörqmaganlargina obod qilurlar. Ajab emaski, ana öşalar hidoyat topguvçilardan bölsalar”. (Tavba surasi, 18-oyat).

Bugun Özbekistonning turli hududlarida bunyodkorlik va obodonçilik işlari olib borilmoqda. Bu ta'rifni masjidlar qurilişi va qayta ta'mirlanişiga nisbatan ham işlatsa böladi. Xususan, poytaxtda joylaşgan “Börijar” jome masjidida olib borilgan ana şunday xayrli işlar bugun bu maskanning yanada fayzli bölişiga turtki böldi.

Ta'mirdan çiqarilgan masjidning içki qismi did bilan bezatilgan, devordagi ranglar uyğunligiga e'tibor qaratilgan. Gumbaz osti naqşlari inson bolasi qöl mehnatining oliy namunasi ölaroq özgaça tarovat taratib turibdi. Masjid namozgohi keng va yoruğ. U yerda maxsus taşkil etilgan javonda diniy-ma'rifiy kitoblar namozxonlar foydalanişi uçun qator taxlab qöyilgan. Xullas bu yer Yaratganga ibodat qiliş uçun barça şaroitlar mujassam Allohning uyiga aylangan.

Bunyodkorlik işi mömin-musulmonlarga xos odat. Çunki bunyodkorlik ortidan öşa yurtda obodlik keladi, baraka va fayz yoğiladi. Barakali va fayzli jamiyatdan esa yomonlik hamda baxtsizlik kötariladi: odamlar tinç-xotirjam, qalblardagi iymon yanada mustahkam böladi.