«Barselona» himoyachisi Jyerar Pike va taniqli xonanda Shakira o‘g‘rilik qurboniga aylandi, deb xabar bermoqda Ispaniyaning Marca nashri.
Juftlikning Espluges-de-Lobregatdagi uyiga jinoyatchilar kirib, u yerdan qimmatbaho buyumlar, soatlar va taqinchoqlarni olib chiqib ketishgan. Ta'kidlanishicha, hodisa davomida o‘g‘rilar uy-joyga hech qanday zarar yetkazishmagan. Juftlik uyda bo‘lmagan, sababi futbolchi Ispaniya terma jamoasi bilan, Shakira esa - Germaniyadagi gastrollarda.
Pike o‘g‘rilik holati bo‘yicha politsiyaga murojaat qildi, huquqni muhofaza qilish organi surishtiruv ishlarini boshlagan.















