Joriy yilning 8 iyun kuni «Vaqf» xayriya jamoat fondi homiyligida Imom Buxoriy nomidagi Toşkent Islom institutining talabalari örtasida «Najotga şoşilaylik» şiori ostida azon musobaqasi bölib ötadi.

Musobaqa 2 şart böyiça ötkaziladi:

Birinçi şartda iştirokçilarning azonni mahorat bilan aytib berişi talab etiladi. Bunda hakamlar ovoz, tarannum va töğri talaffuz me'yorlari böyiça baho qöyadilar.

Ikkinçi şartda iştirokçilar bilet tortgan holda azonga doir fiqhiy savollarga javob beradilar. Hakamlar javoblarning töliq va mukammalligiga alohida e'tibor qaratadilar.

Eslatib ötamiz, «Vaqf» xayriya jamoat fondi Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 16 apreldagi «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5416-son Farmoni böyiça taşkil etilgan bölib u öz oldiga masjidlar va diniy ta'lim muassasalarining binolarini quriş, ta'mirlaş, rekonstruksiya qiliş, diniy ta'lim muassasalari professor-öqituvçilari, tadqiqotçilari, mutaxassislari va öquvçi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, şu jumladan, imkoniyati çeklangan şaxslarni moddiy va ma'naviy qöllab-quvvatlaş kabi bir qator işlarni maqsad qilib qöygan.