Bugun, 5 iyun kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda.
Prezident yiğiliş çoğida soliq tizimidagi korrupsiyani tilga oldi.
«Soliq qömitasi rahbariyatini işdan olganimdan keyin köp narsa ma'lum bölyapti. Hamma işga korrupsiya aralaşgan. Andijondagi işlar haqida ma'lumotlar bor. Viloyat soliq boşqarmasidagi rahbar nomiga özgaravergan, haqiqiy korruptsion rahbar 11 yil ötirgan. Nima iş qilgan bölsa qilgan. Toşkent şahrida ham şunday. Bu yerda ötirgan janob general nomiga bir odamni qöyib qöyavergan, odami korrupsiya işlari bilan şuğullangan.
Soliq qömitasida tizim yöq. Juda köp ma'lumotlarimiz bor. Prokuraturani tozaladik, Milliy xavfsizlikni tozaladik, endi vaqt soati keldi, soliq tizimini tozalaşga navbat keldi. Bu işni qilmasak, odamlarni boqişimiz qiyin böladi.
Toşkent şahar soliq boşqarmasi boşliğini işdan oldim, soliq qömitasi raisi örinbosarini işdan olib taşladim.
Soliq tizimida özgarişlar qilamiz, katta taşkilotlardan soliq tuşiriladigan alohida yönaliş böladi. Adolatni joyiga qöyiş kerak.
Şunday qilamizki, Toşkentda qöşimça 2 trln söm qöşimça tuşiramiz. Kalavani uçini topdik», degan prezident.
















