Niderlandiya parlamenti Ukraina uzra Malayziyaning MH17 reysidagi Boeing layneri halokati uçun Ukraina tomonini javobgarlikka tortişni nazarda tutuvçi taklifni körib çiqişdan boş tortdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, «Demokratiya uçun forum» partiyasi rahbari Terri Bode şunday taklif bilan çiqqan. U Ukraina tomonini javobgarlikka tortiş va qurbonlar yaqinlariga tovon pullari tölanişini ta'minlaşni taklif qilgan. Bunday taşabbusni öta öng Ozodlik partiyasi ham qöllab-quvvatladi.
Şuningdek, Bode «Malayziya aviayönalişlari» kompaniyasini Malayziya havo kemasi halokati uçun javobgarlikka aksiyador sifatida jalb etişni ham taklif qildi, bu ham parlamentda qöllab-quvvatlanmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq YeXHT MH17 halokatini suriştiruvdan ötkazişda iştirok etmayotgani xabar qilingandi.












