Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 5 iyun kuni hududlarda byudjyetga qöşimça tuşumlar va mahsulot işlab çiqariş hajmini köpaytiriş orqali narxlar barqarorligini ta'minlaş, inflyatsiyaning oldini olişda mahalliy ijro hokimiyati organlari, soliq va moliya idoralari rahbarlarining şaxsiy mas'uliyati va javobgarligini oşiriş masalalariga bağişlangan favqulodda videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Prezident yiğiliş çoğida soliq tizimining avvalgi rahbariyatining poraxörligi haqida gapirgan.
«Toşkent şahridagi bozorning kattalari ham bulbuldek sayrayapti. Kimga qança bergani, nimalar qilganini. Pulni joyiga qöyadi. Bular zamona zayli bilan xalqning boşiga çiqib olgandi, qarindoş-uruği bilan çiqib olgandi. Endi bunday bölmaydi. Vallomat bösayam ketadi.
Şuning uçun 16 foiz köp soliq tuşumi böldi, degan gap meni qoniqtirmaydi. Soliqlarning asosiy qismi özi tuşadi. Soliqlarning 60 foizini 171ta korxona ta'minlab bergan.
Toşkent bozorlaridan tuşumlar byudjyetga emas, amaldorlarning çöntagiga tuşgan. «Çilonzor» buyum savdo kompleksida 791 nafar şaxs soliq tölamasdan savdo qilib kelayotgani aniqlandi. Toşkent şahridagi avtomobillarni saqlaş joylaridagi tuşumlar nazorati yöqligi tufayli mahalliy byudjyetga 18 milliard sömdan ortiq soliq tuşirilmagan. Şunça pul çöntakka ketyapti.
Şuning uçun Toşkent hokimiga yangi örinbosar qöydim, bugun soliq qömitasi raisiga yangi örinbosar qöydim (Nazarali Norboyev örniga Alimjan Fayzibayev tayinlangan).
Tovar aylanmasi 1 milliard sömdan ziyod bölgan 77ta korxona bitta işçi işlaydi deb hisobot berib kelgan. Buni soliqçi bilmaydimi? Bilgan, olib kelaver, qolgani bilan işing bölmasin, degan.
2017 yilda qariyb 7 milliard sömlik iş bajargan va bir işçi işlaydi deb hisobot bergan korxonada 16 kişi soliq tölamasdan işlaşi ma'lum böldi.
Şuning uçun men Toşkent şahar boş boşqarmasi boşliği Pardayev degan kimsani işdan oldik (Muzaffar Pardayev, uning örniga Normat Tursunov tayinlandi), uni ham söroq qilamiz. Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari Norboyevni (Nazarali Norboyev) ham egallab turgan lavozimidan ozod etdik», deya prezident sözlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.

















