«Tuman prokurori bo‘lish narxi 40 ming dollar edi». Prezident poraxo‘r prokurorlar haqida gapirdi
Prezident Samarqand viloyatiga xorijiy investitsiyalarni olib kirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilishi kerakligini uqdirdi. O‘zbekiston rahbari Samarqand viloyatida xorijiy sarmoyadorlar uchun imkoniyatlar cheksizligini qayd etar ekan, Past Darg‘om tumanida o‘tkazilgan videoselektorda investorlarni kim topib keltirishiga doir fikrlarini bildirdi.
«Har bir tuman hokimi bir oyda 1 mln dollar olib kelmasa, unaqa hokimning nima keragi bor? Mana aeroport bor, hokimlar har oyda 15 kun Koreyaga, Xitoy, Malayziya, Indoneziyaga borsin. Bizga tumanga qorovul kerak emas. O‘zimizning uchastka nozirlarimiz bor. Mahallamiz bor», - deya prezidentning so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Shavkat Mirziyoyev o‘z ma'ruzasida, shuningdek, xorijiy investorlarni qiynab kelayotgan muammolarga ham e'tibor qaratib, korrupsiyaga aralashgan amaldorni o‘sha kuni qamatishini ta'kidladi.
«Har bir tumanga xorijdan investitsiya olib kirish bo‘yicha muovin berdim. Natija yo‘q. O‘zi kelgan odamni ham sarson-sargordon qilasizlar, 10 foizini ber, 20 foizini ber. U zamon o‘tib bo‘ldi. Birorta odam korrupsiyaga aralashsa, o‘sha kuni qamattiraman. Kim bo‘lishidan qat'i nazar. Mana eshitayapsizlar, qancha odamni qamatvordim. Nega desangiz, poraxo‘r hammasi. Bosh prokurorni nega qamadim? Hammasi o‘g‘ri edi. Har bir tuman prokurori qanchadan pul berganini bulbuldek sayrab yotibdi turmada.
Samarqandda ham 7 tuman prokurori har oyda berib turgan. Har oyda 2 ming dollardan bergan, prokuror bo‘lish uchun 35-40 ming dollardan bergan. Tayloq tumani prokurori 40 ming bergan bo‘lsa, bu pulni qaytarishi uchun Tayloqni sotishi kerak-ku? Mana qanday vaziyatda yashaganmiz. Qonun ustuvor, jazo muqarrar. Men necha marta aytayapman. Xudo xayringlarni bersin. Endi halol ishlamasak, qo‘ymayman hech kimni.
Qo‘limiz kalta edi, bir-ikkita tashkilotlar bor edi. G‘o‘ddayib, atrofimizda poylab yurardi. O‘zlari eng katta o‘g‘ri edi. Bu ham haqiqat. Endi ishlash kerak. Mana biz sharoit qilib beryapmiz. Aravani tortish kerak», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sumi uchun qasos»: Ukrainaning Shuya va Kurskka zarbalari haqida
Jahon | 09:06
-
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
O‘zbekiston | 09:04
-
Tramp Ukraina bilan yerosti boyliklari bo‘yicha bitim imzolanishini e’lon qildi
Jahon | 08:40
-
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 08:24
Mavzuga oid

17:01 / 08.04.2025
Samarqand iqlim forumida qanday natijalarga erishildi?

14:48 / 08.04.2025
Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi

10:47 / 08.04.2025
Samarqandda haydovchi 25 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

18:50 / 05.04.2025