AQŞ prezidenti ma'muriyatining Xitoydan bölgan talabalar uçun viza çeklovi böyiça rejalari XXR tomonidan intellektual mulkni öğirlaş muammosiga yeçim topişning yaxşi yöli emas. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Materialda ta'kidlanişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Qöşma Ştatlarga robototexnika, aviatsiya va yuqori texnologiyali işlab çiqariş dasturlari böyiça ta'lim olişga kelayotgan xitoylik talabalar uçun vizalar berişni çeklaş rejalari haqida ma'lum qildi. Vizalar bir yil bilan çeklanadi, bundan taşqari, ularga ruxsatnomani oliş qiyinlaşadi.

Amerika hukumati tomonidan - bu davlatni «Xitoy sanoat josusligidan» himoya qilişga bölgan uriniş, u AQŞda iş örinlari va maoşlar kamayişi hamda raqobatbardoşlikning yöqolişiga olib kelmoqda, deyiladi materialda.

Bloomberg şarhlovçisi fikriça, intellektual mulk öğirligi jiddiy muammo sanaladi, biroq u yopiq va markazlaşgan holda boşqariluvçi davlatlar bilan raqobat qiluvçi oçiq jamiyatlarga xosdir.

Mamlakat hududida sönggi ön yilda xitoylik talabalar soni ança oşgan. Ularning bari ta'lim oliş uçun yuqori haq tölaydi, aynan şu amerikaliklarga ta'limni subsidiyalaşga yordam beradi. Muallifning ta'kidlaşiça, immigratsiya - bu oçiq jamiyatning ustunligi, aynan şuning uçun AQŞ boşqa ğoyalardan köra, boşqa insonlarni qabul qilgani ma'qul.

Biroq, sönggi vaqtlarda xorijliklar oldidagi irratsional qörquv Amerika siyosatiga qaytib kelmoqda. Uning fikriça, asli kelib çiqişi Lotin Amerikasidan bölgan amerikalik fuqarolarning hibs qilinişi hamda qölga olinişi şunday tendensiyani körsatmoqda.